

101greatgoals nashrining xabar berishicha, bu juftlik ajrashish haqida o'ylashmoqda. Shakira bir necha kun oldin Barselonadagi uyini tark etgan.
Bunday mish-mishlar iyun oyida, Lionel Messi hamda Antonella Rukucco o'rtasidagi to'ydan so'ng tarqalib ketgan edi. Hozircha futbolchi va xonanda bu ma'lumotni tasdiqlagani yo'q. Ammo ushbu oilaga yaqin kishilar Pike va Shakira ajrashishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlashdi. Ispaniyalik va kolumbiyalikni so'nggi marotaba Messi va Antonellaning to'yida birga ko'rishgan. Bu juftlikning ikki farzandi bor - Milan (4 yosh) va Sasha (2 yosh).




