Pike Messiga: "Sen barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisisan"

Aziz Tukhtamuradov
7 avg 2021, 09:57
"Barselona" futbolchisi Jerar Pike Lionel Messining kataloniyaliklar safini tark etishi haqidagi qaroriga o'z munosabatini bildirdi.

"Endi xech narsa avvalgiday bo'lmaydi. "Kamp Nou" ham, "Barselona" ham, o'zimiz ham. 20 yil klubga boringni berding va endilikda sen "Barselona" libosida bo'lmaysan. 

Biz 2000 yilda tanishgandik va o'shanda 13 yoshda edik. Oldimizda katta faoliyat turgandi. Agar o'shanda biz kelajagimizni tasavvur qilib ko'rganimizda, bundan ortig'ini tasavvur qilish mumkin emasdi. 

"Barselona"ga qaytganimdan keyingi ilk mavsumda biz trebl qildik, sen esa barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisiga aylanding. Rosariodan Rimgacha (2009 yilgi YCHL finali Rimda o'tkazilgandi). Mana afsona qayerda boshlangandi. Keyin bo'lgan voqealar esa tarix. Biz vaqtni juda yaxshi o'tkazdik. 

Sen ketyapsan va shuni bilamanki, qachonlardir qaytasan. Qolib ketgan ishlar bor. Qaerga borsang ham ishlaringdan zavq ol, g'alaba qozonishda davom et. Bu yerda seni sog'inamiz. Seni yaxshi ko'raman, Leo", - dedi Pike. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/3gerardpique