Pike: "Ispaniya termasidan ketganimdan keyin "Barselona"da yaxshiroq o'ynay boshladim"

Mirjalol Normatov
27 mar 2019, 22:41
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya termasidan ketgani borrasida gapirdi.

"Qaror qabul qilindi, bundan afsuslanmayman. Barchasini tushuntirgan bo'lsam-da, odamlar meni tushunishni istashmayapti. Termadan kerakli vaqtda ketdim. Menga dam kerak edi.

Chempionatlardagi tanaffuslar nafaqat menga, balki, termada o'ynamaydigan boshqa futbolchilarga ham yordam beradi. Tabiiyki, termadan ketganimdan keyin "Barselona"ga ko'proq e'tibor bera boshladim", - dedi Pike.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com