Pike bugun LaLigadagi yubiley uchrashuvini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 13:52
"Barselona" klubi bugun LaLiganing 5-tur uchrashuvlari doiasida "Eybar"ni qabul qiladi.

Ushbu bahs kataloniyaliklar himoyachisi Xerard Pike uchun yubiley uchrashuv bo'ladi. Pike "Eybar"ga qarshi o'yinda maydonga tushsa, bu uning Ispaniya chempionatidagi 250-uchrashuvi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Eybar" uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia