Pike: "Barselona" MYUga qarshi javob uchrashuviga tayyor bo'lishi kerak"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2019, 12:53
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tgan bahs natijasi (1:0) haqida fikr bildirdi.

"MYU hamda PSJ o'rtasidagi ikkinchi o'yinni ko'rganimdan so'ng, birinchi bahs natijasiga ishonmaslik kerakligini tushundim. Ingliz klubi Parijda nimalar qilganini yaxshi bilasiz. Yirik klublar har narsaga qodir, shuning uchun tayyor bo'lish kerak.

Men uchun "Old Trafford"dagi bahs o'zgacha ahamiyatga ega bo'ldi. Hozir mavsumdagi eng yaxshi damlarni o'tkazyapmiz. Yoshim va tajribamni hisobga olsak, o'zimni yaxshi his qilyapman" - deydi Pike.

"Barselona" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi javob o'yini 16 aprel kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC