Pike: "Barselona" mening so'nggi jamoam bo'ladi"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2021, 23:50
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike faoliyatini Kataloniya jamoasida davom ettirishni istayotganini aytdi.

"Barselona" faoliyatimdagi so'nggi jamoa bo'ladi. Boshqa jamoa tarkibida o'ynashni istamayman. Chunki "Barselona"ning bir umrlik muxlisiman.

"Barselona" tarkibida o'ynash - men uchun katta orzu. O'zimni juda kuchli va doim o'ynashga tayyor deb hisoblayman. Barchasi yakun topganidan keyin esa futboldan ketaman", - dedi Pike.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal