
O'yin yakuniga etganidan so'ng odatga ko'ra g'olibni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. "Arsenal" sardori Petr Chex kubokni qabul qilib olganidan so'ng uni boshi uzra ko'tarmadi va jamoadoshlari unga "Ko'tar" deb hayqirishayotgan paytda shunday dedi:
"Boshimiz uzra ko'taradigan sovrin bu emas. Kelinglar, yaxshisi mavsum oxirida eng katta kubokni ko'taramiz".