PES 2021'da "Milan" va "Inter"ning rasmiy nomlari bo'lmaydi

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2020
Ikkala klub ham Pro Evolution Soccer o'yinini ishlab chiqaruvchi Konami kompaniyasi bilan hamkorlikni to'xtatdi.

Qayd etilishicha, tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishgan. Shu tariqa, PES 2021'da “rossonerilar” va “neradzurrilar”ning rasmiy nomlari keltirilmaydi.

Endi Milan klublari Konami'ga raqobatbardosh kompaniya hisoblanuvchi – EA Sports'ning FIFA simulyatori bilan hamkorlik qiladi degan taxminlar ham bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Konami