Perishich "Inter"dan ketishga qaror qildi

Alisher
7 noya 2021, 16:19
Xorvatiyalik vinger Ivan Perishich "Inter"dan ketishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoyachi klub rahbariyati bilan uchrashuvda yangi shartnoma imzolamasligini ma'lum qildi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi.

Perishichni oldin xabar berilganidek, shartnomaning moliyaviy tomonlar qoniqtirmayapti. Xorvat shu sabab unga yaxshiroq shartlar evaziga shartnoma taklif qiladigan klubga o'tmoqchi.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport