

Ma'lumotlarga ko'ra, bir necha kun oldin Peres uelslik futbolchi jarima zarbalarini Ronaldudan yaxshiroq ijro etishini aytgan. Peres ACS qurilish kompaniyasining prezidenti sifatida bir tadbirda ishtirok etgan va bir kishi unga quyidagi so'zlarni aytgan: "Siz Ronalduni sota olmaysiz, u "Real"ning eng yaxshi futbolchisi". Peres esa shunday javob berdi: "Ha, ammo Beyl jarima zarbalaridan gol uradi, Krishtianu - yo'q".
So'nggi vaqtlarda Ronaldu va Peres o'rtasida oldingi iliq munosabatlar yo'q. Krishtianu joriy mavsum davomida kelajagi borasida tuli fikrlar bildirgan edi.


