Peres transferlar haqida: "O'yinchilardan maoshni pasaytirishni so'rash va keyin boshqa o'yinchi bilan shartnoma imzolash og'ir"

Alisher
17 iyul 2020, 13:37
"Real" prezidenti Florentino Peres klub yozgi transferlar oynasida katta transferlarga qo'l urishiga ishonmayapti.

"Katta xaridlar bo'lmaydi. O'yinchilardan maoshni pasaytirishni so'rash va keyin boshqa o'yinchi bilan shartnoma imzolash og'ir.

"Real" agar shunday imkoniyatga ega bo'lsa, tarkibni kuchaytirish bilan shug'ullanadi", - deydi Peres.

Eslatib o'tamiz, "Real" kecha "Vilyarreal" (2:1)ni mag'lub etdi va 34-bor Ispaniya chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ondacero.es