Peres Ronalduning transferi borasidagi xaqiqatni aytdi

Mirjalol Normatov
23 sen 2018
"Real" prezidenti Florentino Peres yana bir bora Krishtianu Ronalduning o'zi "qirollik klubi"dan kyetishni istaganini aytib o'tdi.

"Biz uni sotishni istamaganmiz, Ronalduning o'zi shaxsiy sabablarga ko'ra, jamoani tark etdi. Shundan keyin biz uning qarori oldida ojiz qoldik va eshiklarni ochishga majbur bo'ldik. Klubga qilgan xizmatlari uchun undan minnatdormiz. Uning transferidan iloji boricha maksimal summa ishlab oldik", - dedi Peres.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPNFC