Peres "Real" murabbiyligiga Xabi Alonso emas, boshqa bir ispaniyalik sobiq futbolchini olib kelmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2025, 13:10
"Real" prezidenti Florentino Peres klub bosh murabbiyligi uchun ko'plab nomzodlar variantini o'rganib chiqmoqda.

Yozda jamoa ustozi Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar" safini tark etishi mumkin. Peres kutilmagan yurish qilib, "Real"ga hozirda "Komo"da ishlayotgan Sesk Fabregasni olib kelmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Fabregas futbolchilik davrida "Arsenal"da shuhrat qozongan va keyinchalik kataloniya jamoasi safiga ham qaytib, ma'lum vaqt to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Todofichajes