Peres: "Biz "Real"ni yangi, ajoyib futbolchilar bilan kuchaytiramiz"

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2018, 12:50
"Real" transfer oynasida katta xarajatlar qilishga tayyor.

Bu haqda klub prezidenti Florentino Peres ma'lum qildi.

"Jamoadan har mavsum nima kutishlarini bilamiz. Biz "Real"miz va doimo ko'prog'ini istaymiz. Bu ajoyib futbolchilarga ega g'oliblar jamoasi. Tarkibimiz yaxshi va uni yangi, ajoyib futbolchilar bilan kuchaytiramiz" - deydi Peres.

Oldinroq, "qaymoqranglilar" safiga Andrey Lunin, Vinisius Junior va Alvaro Odriosola o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal