Pep Gvardiola Manchester Sitidagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Khoja
29 mar 2024
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola ingliz jamoasini tark etishni rejalashtirmoqda.

Football Insider xabariga ko'ra, Gvardiola amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etganidan keyin Manchester Sitini tark etadi. Qayd etilishicha, Gvardiola Manchester Sitini tark etgach, murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishni rejalashtirmoqda.

Gvardiola qo'l ostida Manchester Siti tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. O'tgan mavsumda ingliz jamoasi trebl qayd etdi.

Shuningdek Gvardiola faoliyati davomida Barselona va Bavariya klublarini ham boshqargan. Umuman olganda, ispaniyalik mutaxassis barcha klublari bilan 37 ta sovrin, jumladan, uchta UEFA Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com