Pep Gvardiola "Man Siti"dan keyin qayerda ishlashni istayotganini aytdi

Administrator
23 fev 2024, 12:23
Murabbiy o'z oldida hali erishilmagan maqsad borligini aytdi.

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardioladan jamoadan ketishga qaror qilganidan so'ng nima qayerda faoliyat olib borishni istayotgani haqida so'rashdi. Klub miqyosida barcha sovrinlarni qo'lga kiritib bo'lgan Gvardiola biror terma jamoani Jahon chempionatida boshqarishni istayotganini yashirmadi.

"Terma jamoa. Men biror terma jamoani Jahon chempionati yoki Yevropa chempionatida boshqarishni istayman. Xohishim shu. 

Qaysi terma jamoa menga murabbiy sifatida imkon berishga tayyorligini bilmayman. Terma jamoalar xuddi klublar kabi qaysidir murabbiy bilan ishlashni xohlashadi", -deydi Pep Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Goal.com