Pep Gvardiola: "Agar "Manchester Siti" bu mavsumda trebl qilsa, faoliyatimni yakunlayman"

Aziz Tukhtamuradov
7 dek 2023, 10:08
Pep Gvardiola mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini tugatishi mumkinligi haqida gapirdi.

U "Aston Villa" bilan o'yinga qadar qilingan efirda shunday dedi: "Agar biz bu mavsumda trebl qilsak, men faoliyatimni yakunlayman. Bu juda qiyinligini bilaman. Angliyada ajoyib jamoalar ko'p, ammo faqat ser Aleks Fergyusonning o'sha jamoasi va biz buni qila oldik".

O'tgan mavsumda "shaharliklar" Angliya chempionati va kubogida, shuningdek Chempionlar ligasida g'alaba qozongandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail