Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning debyuti haqida fikr bildirdi

Administrator
26 yanv 2025, 01:04
Murabbiy o'zbekistonlik himoyachi haqida gapirdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Chelsi"ga (3:1) qarshi o'yindan so'ng Abduqodir Husanovning debyuti haqida gapirdi.

"Abduqodirga oson emas. U jamoa bilan bir martagina mashg'ulot o'tkazdi va shundan keyin Nikolas Jekson, Koul Palmer, Madueke va Sancho kabi futbolchilarga qarshi o'ynadi. Bunday holat yosh o'yinchi sotib olganingizda yuz beradigan tabiiy jarayon. Abduqodir o'rganib oladi. Bu kabi harakatlar xulosa chiqarib olishning eng yaxshi usuli", -deydi Pep Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC Sport