Pedro “Chelsi”dan ketayotganini e'lon qildi

Pedro muxlislar bilan xayrlashdi.

“Chelsi” yarim himoyachisi Pedro APL 38-turidan o'rin olgan “Vulverxempton”ga (2:0) qarshi bahs uning uchun London klubi safidagi so'nggi o'yin bo'lganini ma'lum qildi.

“Mening “Stemford Brij”dagi so'nggi o'yinim. Mazkur yillar uchun muxlislarga, “ko'klar” a'zosi bo'lishim uchun yordam bergan klub rahbariyatiga va jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Siz har doim qalbimda qolasiz. Endi Angliya Kubogi uchun kurashamiz. Katta ko'k oila!”, - deya yozadi Pedro.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Pedroning “Roma” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.


Manba: Twitter/_Pedro17_