Paye: "Golim Fransiyaga uch ochko keltirganidan faxrlanaman"

11 iyun 2016, 04:32
Yevropa chempionatining "A" guruhidan o'rin olgan 1-tur uchrashuvi Fransiya - Ruminiya (2:1) bellashuvi qahramoni Dimitri Paye o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Men faxr to'yg'usini his etmoqdaman. Bizga o'yinga kirishib ketishimiz uchun vaqt kerak bo'ldi. Ehtiroslar, hissiyotlar ancha kuchli. Etarlicha vaziyatlar yarata olgan bo'lsakda tezkor gol kiritishni uddalay olmadik. Mening golim jamoamga uch ochko keltirdi. Bundan faxrlanaman. Hozir Fransiya terma jamoasida bo'lib turishim - bu yillar davomidagi qilingan mehnatlarim samarasi, deb bilaman. Ko'pchilik meni Yevropa chempionatiga ishtirok etishimni kutmagandi. Men Yevropa chempionatidan zavq olish uchun shu yerdaman. O'zimning eng yaxshi o'yinlarimni ko'rsatishni istayman. Oxirgi ikki mavsumda katta o'sishga erishdim. Oila a'zolarim oldida o'ynayotganim menga ikki hissa kuch bag'ishlamoqda. Bugun qo'lga kiritilgan uch ochko bizga xotirjam ishlashga yordam beradi. Shu boisdan ushbu natida muhim ahamiyat kasb etadi", - deydi Paye.

O'xshash yangiliklar


Manba: TF1