

"Sherlar" Toshkentdagi yig'inni boshlab yuborishdi. Oldingi rejaga ko'ra jamoa mavsumga tayyogralikning so'nggi qismini 1-15 fevral kunlari BAAda o'tkazishi kerak edi. Klub sport direktori Grigoriy Seytlin bugun saytimizga ikkinchi xorijiy yig'in bekor qilinganini ma'lum qildi. "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, "sherlar" 19 fevral kuni O'zbekiston superkubogi uchun bahsda "Nasaf" bilan o'ynashadi.



