"Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvining bosh hakami o'zgardi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2018, 18:26
Bugun, 18 sentyabr kuni "Paxtakor" hamda "Lokomotiv" o'rtasida O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

PFL bergan ma'lumotlarga ko'ra, O'FA hakamlar qo'mitasi mazkur o'yin darajasini va unga bo'lgan futbol jamoatchiligi e'tiborini inobatga olgan holda Viktor Seraziddinov o'rniga FIFA referisi sanaluvchi Ahrol Risqullaevni tayinlandi. Qolgan hakamlar borasida o'zgarishlar yo'q.

"Paxtakor" – "Lokomotiv"

Hakamlar: 
Ahrol Risqullaev, Andrey Sapenko, Sanjar Shoyusupov, Vadim Agishev.  

Nazoratchi: 
Artyom Arutyunov.  

Komissar: Baxtiyor Namozov.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia