
"Lacio"ga qarshi o'yinda "Yuventus" ajoyib shouni taqdim etib berdi. Jamoa ancha yaxshi o'ynadi. O'ylaymanki, o'yin borasida hali yana ancha o'sishga erishiladi. "Yuventus" o'zining yangi o'yin uslubiga ega bo'lmoqda. Massimilioano Allegri qo'li ostida jamoa kuchaymoqda. Endigi asosiy vazifa "Malmyo" ustidan g'alaba qozonish bo'ladi. Skudetto? Chempionlik uchun kurashda nafaqat "Roma" jamoasi, balki "Napoli" va yaqindagina "Inter" boshqaruviga o'tgan Manchinining jamoasi bilan ham hisoblashishimizga to'g'ri keladi.