Pau Lopes "Marsel"ga o'tishi mumkin

Alisher
25 iyun 2021
"Roma" darvozaboni Pau Lopes faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"Marsel" 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Lopesning italyan klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. O'yinchi ayni damda elkasidan olgan jarohatidan tiklanish bilan band.

Lopes 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 38ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport