Pastore Argentinaga yo'l oladi

15 yanv 2020, 22:32
Argentinalik futbolchi "bo'rilar" safini tark etishga yaqin turibdi.

"CalcioMercato" nashri xabariga ko'ra, "Roma" yarim himoyachisi Xaver Pastore qishki transfer mavsumi yakuniga qadar jamoani tark etadi. 30 yoshli futbolchi Argentinaning "Rasing" klubi safiga qo'shilishi kutilyapti. Kelishuv amalga oshishida mazkur klub sport direktori Diego Milito hal qiluvchi o'rin egallaydi.

Ma'lumot uchun, Pastore Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 8 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: CalcioMercato