Parti "Arsenal"ning keyingi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
20 noya 2020, 15:00
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas APL 9-tur doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Futbolchi xalqaro tanaffusga qadar jarohat olgan edi va xavbek "oqlar"ga qarshi o'yinga qadar tiklanishga ulgurmaydi.

"Lids"ga qarshi o'yinda "Arsenal"ga shuningdek himoyachi Sead Kolashinac va xavbek Muhammad El-Nenni yordam bera olmaydi.

Ikki o'yinchi ham karantinda. "Lids" - "Arsenal" o'yini 22 oktyabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com