"Parma" Miranchukni sotib olishdan bosh tortdi

31 iyul 2020, 20:59
Italiyaning "Parma" klubiga "Lokomotiv" (Moskva) yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni sotib olish taklif qilingan.

Calciomercato nashri xabar berishicha, italyan jamoasi rahbarlari rossiyalik futbolchiga ortiqcha baho berilgani, 18 mln evro u uchun haddan tashqari ko'pligini takidlagan va transfyerdan voz kechgan.

Ma'lumot uchun, RPLning o'tgan mavsumida 27 uchrashuvda maydonga tushgan Aleksey Miranchuk 12 gol, 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Rus matbuoti unga "Yuventus", "Milan" singari klublar da'vogarlik qilayotgani haqida bong urayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato