Paredes Mpabbeni Ronaldu, Messi va Neymar bilan taqqosladi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2021, 19:52
PSJ sobiq yarim himoyachisi Leandro Paredes jamoadoshi bo'lgan Kilian Mbappeni Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymar bilan taqqosladi.

"Mbappe ko'proq Ronalduga o'xshaydi, u atlet, ajoyib jismoniy imkoniyatlarga ega. Menimcha, Messi va Neymar o'ziga xos istedod sohiblari, ammo Krishtianu va Kilian jismonan kuchli va yuqori futbol namoyish etish fazilatlariga ega", - deydi Paredes.

Eslatib o'tamiz, Mbappe 2020/21 yilgi mavsumda PSJ safida 47 uchrashuv o'tkazib, 42 gol va 11 golli uzatma muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole