O'zbekistonlik hakamlar U-17 Osiyo Kubogi saralashi va CAFA U-18 musobaqalarida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
23 noya 2025, 21:07
Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.

Ertaga Vetnamda 2026 yilgi U-17 Osiyo Kubogining final bosqichiga yo'llanma beruvchi saralash bahsi bo'lib o'tadi. Unda Vetnam va Shimoliy Maryana orollari terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Ushbu muhim uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Bosh hakam: Rustam Choriev

Yordamchi hakam: Baxtiyorxo'ja Shavkatov


Shuningdek, CAFA U-18 musobaqasida o'zbekistonlik hakamlar faoliyatini davom ettirmoqda.

Milliy futbol markazida bo'lib o'tayotgan qizlar o'rtasida CAFA U-18 musobaqasining Tirkmaniston – Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi bahsda Dildora Rustamova bosh hakam sifatida, Xayriniso Erkinova yordamchi hakam bo'lib faoliyat olib bordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази