

Unga ko'ra, mamlakatimizdan umumiy 30 nafar hakam ushbu ro'yxatdan o'rin olishgan. Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari rasmiy kanali ma'lum qildi.
E'tiborli tomoni, 2023 yilda FIFA hakamlarimiz qatorida yangi nomlarni uchratish mumkin. So'nggi mavsumlarni muvaffaqiyatli o'tkazib kelayotgan Rahimbek Karimov, shuningdek, yordamchi hakamlardan Avazbek Abdullaev va Zufar Eliboev, futzal bo'yicha Oybek Kallaxo'jaev, sohil futbolida Nayim Qosimov kabi nomlarga ko'zingiz tushadi. Bundan tashqari, Rahimbek Karimov va Abdurashid Xudoybyerganov VAR hakamlari sifatida ro'yxatdan o'rin olishgan.
O'zbekiston futbolida ayol hakamlarga qaratilayotgan e'tibor o'z samarasini byermoqda. Joriy yildan boshlab Roziyabonu Yusupova xalqaro maydonlarda ayollar futboli bosh hakami sifatida ishlashi mumkin bo'ladi. Shuningdek, Aleksandra Konchikova FIFA ayollar futzal hakami sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ldi.
FIFA hakamlarimizning umumiy ro'yxati:
Bosh hakamlar
Rahimbek Karimov, Rustam Lutfullin, Edita Mirabidova, Askyer Najafaliev, Firdavs Norsafarov, Ahrol Risqullaev, Akobir Shukrullaev, Ilgiz Tantashev, Roziyabonu Yusupova.
Yordamchi hakamlar
Avazbek Abdullaev, Zufar Eliboev, Timur Gaynullin, Zilola Rahmatova, Ruslan Syerazitdinov, Kristina Syereda, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Sanjar Shayusupov, Aleksandr Sidorov, Andrey Sapenko, Alishyer Usmanov.
VAR hakamlari
Aziz Asimov, Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov, Abdurashid Xudoybyerganov.
Futzal hakamlari
Nikita Afinogenov, Askarbay Arzibekov, Oybek Kalaxojaev, Aleksandra Konchikova, Anatoliy Rubakov.
Sohil futboli hakami
Nayim Qosimov



