O'zbekistonda navbatdagi yo'qotish. MTJ himoyachisi Avstraliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024, 14:52
Ayni paytda Qatarda O'zbekiston termasi ustozi Srechko Katanets va Odil Hamrobekov ishtirokida Avstraliyaga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Terma ustozi Srechko Katanetsning ma'lum qilishicha, O'zbekiston tarma jamoasi qanot himoyachisi Sherzod Nasrullaev ertangi bahsda ishtirok etmaydi. U jarohat tufayli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

Ma'lumot o'rnida, Nasrullaev kecha jamoa mashg'ulotlarida ham qatnashmagandi.



Osiyo Kubogi 3-turi doirasidagi Avstraliya – O'zbekiston bellashuvi ertaga 16:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia