O'zbekiston va Qozog'iston termalari o'rtasidagi o'yin uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

Administrator
8 noya 2022, 22:20
Bu haqida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.

16-noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Qozog'istonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Futbol ishqibozlari mazkur uchrashuv uchun chiptalarni uydan chiqmagan holda iTickets.uz platformasi orqali elektron shaklda xarid qilishlari mumkin.

Chiptalar narxlari:

2-toifa – 15 000 - 20 000 so'm;

1-toifa (CIP) – 50 000 so'm.

Chiptalarni, shuningdek, Samarqand Darvoza, Ekoboz, Rivera savdo markazi va Humo arenada joylashgan iTickets.uz filiallaridan yoki stadion kassalaridan sotib olishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumotlar iTickets.uz saytida.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ufa.uz