O'zbekiston U-19 qizlar termasi Ozarbayjonni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
5 may 2017, 18:55
Bugun O'zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi Toshkentda Ozarbayjon qizlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

3 may kungi dastlabki bahsda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Bugungi o'yinda esa qizlarimiz g'alabani tantana qilishdi.


O'zbekiston U-19 - Ozarbayjon U-19 - 2:0
Gollar
: Maftuna Shoimova, Umida Zoirova


Ushbu o'rtoqlik o'yinlari o'zbekistonlik futbolchi qizlar uchun U-19 Osiyo chempionati–2017 musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Eslatib o'tamiz, qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 musobaqasi 14–28 oktyabr kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. Turnir yakuniga ko'ra 1–3 o'rinlarni egallagan terma jamoalar ayollar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionati–2018 yo'llanmasiga ega bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia