Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi ayni damda BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik. 20-26 aprel kunlari oralig'ida o'tkaziladigan yig'in davomida Olimxo'jaev shogirdlari BAA U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi. 22 aprel kuni ikkala terma jamoa o'zarok ilk o'yinda maydonga tushishgan va uchrashuv BAA U-16 o'smirlar terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. 24 aprel, payshanba kuni, terma jamoalar o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi.
Dubay shahrida bo'lib o'tgan ikkinchi uchrashuv ham ancha qiziqarli kechdi. O'yinning birinchi bo'limida o'zbekistonlik o'smirlar hisobda oldinga chiqib olishdi va birinchi bo'lim O'zbekiston o'smirlarining g'alabasi bilan yakuniga etdi. Ikkinchi bo'lim boshida BAA U-16 o'smirlari penaltidan hisobni tenglashtirishdi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinning so'nggi daqiqalarida amirlik o'smirlar ikkinchi golni kiritishdi va o'yin 2:1 hisobida BAA U-16 o'smirlarining g'alabasi bilan tugadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
24 aprel. Dubay.
BAA (U-16) – O'zbekiston (U-16) 2:1.