O'zbekiston U-15 terma jamoasi yangi bosh murabbiy qo'l ostida yig'inga kirishdi

Administrator
11 sen 2024, 23:55
Sergey Chegodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Bugun O'zbekiston U-15 terma jamoasi “Bunyodkor U-16” klubiga qarshi bahs olib bordi. “Chig'atoy” stadionida o'tkazilgan uchrashuvda O'zbekiston U-15 terma jamoasi yirik hisobda g'alaba qozondi.

O'zbekiston 3:0 “Bunyodkor” 

O'zbekiston U-15 terma jamoasining gollariga Asilbek Aliev, Asad Qosimjonov va Mirkomil Murodov (pen) mualliflik qildi.

 O'zbekiston U-15 boshlang'ich tarkibi: 21. Olim Shomurodov (D), 3. Abubakir Rahimov, 4. Muhammad Hakimov (S), 7. Asilbek Aliev, 8. Islom Ravshanov, 10. Farruh Haitmurodov, 11. Suxrob Sadirjonov, 13. Mirjamol Anvarov, 14. Odilxon Orifxonov, 15. Asadbek Abdualiev, 25. Amirxon Erkinov

Zaxira: Hasanboy Isroilov (D), Maqsad Qo'chqorboev (D), Elsevar Olimov, Jasur Boymirzaev, Davron Berdiyorov, Muhammadali Uroqov, Mirkomil Murodov, Muhammad Mansurov, Kurral Kosimov, Sadir Kamolov, Asad Qosimjonov, Laziz Abduraimov, Nasim Abdusamadov, Sultonbek Tobaev

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати