

Terma jamoamiz hujumchisi Ivan Nagaev eski jarohati o'rni bezovta qilgani sababli bugun kechki mashg'ulotni erta tugatdi. Terma jamoamiz shifokorining ma'lum qilishicha, "Qizilqum" hujumchisining jarohat tashxisi aniq bo'lsa-da, u haqdagi yakuniy xulosa qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyingina chiqariladi, - deya xabar bermoqda O'FA matbuot xizmatining rasmiy kanali.
Umid qilamizki, oqsab turgan chizig'imizning muhim vakili yana safga qayta oladi.



