
2013 yilgi O'zbekiston chempioni va Kubogi sohibi (Bunyodkor) va vice-chempioni (Lokomotiv) o'rtasidagi o'yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ermatovga qanotlarda o'zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorov yordam beradi. Toshkentlik Aziz Asimov to'rtinchi hakam sifatida belgilangan.
O'zbekiston Superkubogi
7 mart, juma. 15:00. Jar
Lokomotiv (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).
To'rtinchi hakam: Aziz Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent).