O'zbekiston o'z tarixida oltinchi bor bitta o'yinda 5ta gol o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2015, 17:46
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'yinda yaponlar 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi. So'nggi bor terma jamoamiz 2011 yilning 25 yanvarida bitta o'yinda 5ta gol o'tkazgan edi. Osiyo Kubogi yarim finali doirasida Avstraliyaga qarshi kechgan bahsda jamoamiz 0:6 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Oradan 4 yil 2 oy 6 kun o'tgach terma jamoamiz bir uchrashuvda o'z darvozasidan 5ta to'p olib chiqdi.

Umuman olganda O'zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar 5 marta bitta o'yinda 5ta va undan ko'p gol o'tkazgandi.

5ta gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar ro'yxati: Janubiy Koreya 1:5, Saudiya Arabistoni 0:5, Yaponiya 3:6, Avstraliya 0:6, Yaponiya 1:8.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia