

30 avgust kuni BAA olimpiyachilariga qarshi o'yin o'tkazgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Bobur Yuldashev tomonidan urilgan gol evaziga g'alaba qozongan edi.
So'ngra Dilshod Nuraliev boshchiligidagi terma jamoa Saudiya Arabistoni olimpiya termasiga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Bizning yagona golimizni Zabihillo O'rinboev urgandi.
BAAga qarshi kechgan ikkinchi bahsda vakillarimiz 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Timur Hakimov bu safar gol urdi.
So'nggi bahs Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga qarshi o'tkazildi. Bu safargi o'yinda hisob ochilmadi - 0:0.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.



