O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogi qur'asida qaysi savatchada bo'ladi?

Xayrulla Xoliqov
15 iyun 2022, 14:08
O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2023 saralash o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Xabaringiz bor, 2023 yilning 16 iyun - 16 iyul oralig'ida o'tkaziladi. Faqat hozircha musobaqa qaysi davlatda bo'lib o'tishi ma'lum emas. Kecha o'tkazilgan oxirgi tur o'yinlaridan so'ng Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan barcha 24 jamoa nomi ma'lum bo'ldi. 

Bular - Avstraliya, Yaponiya, Eron, Iroq, Janubiy Koreya, Livan, Falastin, Ummon, Xitoy, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Suriya, O'ZBEKISTON, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Qirg'iziston, Gonkong, Indoneziya.

Shu o'rinda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol: Osiyo Kubogiga qur'a qachon tashlanadi va O'zbekiston qaysi savatchada bo'ladi? 

Ma'lumki, OFK jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich yakunlariga ko'ra, jamoalarni savatchalarga bo'lib chiqadi. Bunda JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga yo'l olgan 12ta jamoa 6tadan birinchi va ikkinchi savatchalarga bo'linadi. Qolgan 12 jamoa esa oltitadan uchinchi va to'rtinchi savatchalarga joylashadi. 

Shunday bo'lgan taqdirda O'zbekiston JCH saralash bahslarining uchinchi raundiga yo'l ola bilmagani hamda Osiyo Kubogi saralash o'yinlarida guruhda birinchi o'rinni egallagani bois qur'a paytida 3-savatchadan joy oladi. Hozirdanoq savatchalar aniq bo'lib ulgurgan va qur'a paytida ham o'zgarmaydi. Osiyo Kubogi qur'asi kelasi yil o'tkaziladi.


1-savatcha:

Eron

Yaponiya

Janubiy Koreya

Avstraliya

Saudiya Arabistoni

Qatar


2-savatcha: 

BAA

Iroq

Ummon

Xitoy

Suriya

Vetnam


3-savatcha:

O'zbekiston

Bahrayn

Iordaniya

Qirg'iziston

Livan

Falastin


4-savatcha:

Hindiston

Tailand

Tojikiston

Gonkong

Malayziya

Indoneziya

P.S. O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2023da Bahrayn, Iordaniya, Qirg'iziston, Livan va Falastin bilan bir guruhda bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia