O'zbekiston milliy terma jamoasi "China Cup-2019" musobaqasida qatnashish uchun Xitoyga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2019, 22:04
O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda bo'lib o'tadigan "China Cup-2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berib o'tgandik.

Ektor Kuper boshchiligidagi delegaciyamiz a'zolari bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da Toshkent - Pekin - Nanning yo'nalishi bo'ylab Xitoyga yo'l oldi.

Eslatib o'tamiz, "China Cup-2019" xalqaro musobaqasida O'zbekiston, Urugvay, Xitoy va Tayland terma jamoalari kuch sinashadi. O'zbekiston musobaqani 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Xitoy esa 21 mart kuni Tayland bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o'zaro to'qnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.


Darvozabonlar: Akbar To'raev (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Egor Krimec ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Dostonbek Tursunov ("Renofa Yamaguchi"), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Akmal Shorahmedov (AGMK), Davron Hoshimov ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG"), Otabek Shukurov ("Sharja"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Javohir Sidiqov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul").

Hujumchilar: Marat Bikmaev ("Paxtakor"), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Eldor Shomurodov ("Rostov").

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz