

Yarim finalga yo'l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. 1/2 final uchrashuvlari 27-28 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston kubogi yarim finaliga chiqqan jamoalar: "Qo'qon-1912", "Paxtakor", "Bunyodkor", AGMK.
Yarim final juftliklari “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan “Gol” ko'rsatuvi vaqtida tashlanadigan qur'a orqali aniqlab olinadi. Ko'rsatuv 20 sentyabr kuni 19:40da boshlanadi.
Takidlash joiz, O'zbekiston kubogining 1/8 final uchrashuvlari qur'asi ham, 1/4 final qur'asi ham “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan edi. Dastlab Mirjalol Qosimov, Murod Zuxurov hamda Aziz Turg'unboev qur'a marosimida ishtirok etgan bo'lsa, chorak final juftliklarini Ravshan Haydarov aniqlab bergandi.



