O'zbekiston kubogi. "Lokomotiv" o'z tarixida ikkinchi bor finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 15:57
2016 yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf" qaysi jamoa bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Toshkentning "Lokomotiv" klubi ikki o'yinda ham "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etib finalga chiqdi. Shu tariqa, "temiryo'lchilar" o'z tarixida ikkinchi marta O'zbekiston kubogi finalida o'ynaydigan bo'lishdi.

"Lokomotiv" 2014 yilda ilk bor mamlakat kubogi finaliga chiqib unda "Bunyodkor"ni mag'lub etgan edi.

2016 yilgi O'zbekiston kubogi finali 30 noyabr kuni Samarqanda shahridagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia