O'zbekiston kubogi. Guruh bosqichidan keyin to'purarlar poygasida vaziyat qanday?

Omonjon To`xtamirzayev
29 apr 2025, 15:06
Futzal bo'yicha mamlakat kubogi guruh bosqichining barcha uchrashuvlari ortda qoldi.

Pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan va musobaqadagi ishtirokini yakunlagan jamoalar nomi ma'lum bo'lib ulgurdi.

Biz esa e'tiboringizni ushbu bosqichdan keyin to'purarlar poygasidagi vaziyatga qaratmoqchimiz.

Jarohat sabab so'nggi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan bo'lsa ham, Hebbert Oliveira BOLT jadvalda yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Uning eng yaqin taqibchilari ham BMB klubi a'zolari hisoblanadi. Muzaffar Ahadjonov - ikkinchi, Serjio Rodrigo esa uchinchi pog'onani band etgan.

Yana bir "oq yo'lbars" Ashirbek To'lqinov, SQB yetakchilaridan biri Akbar Usmonov hamda "Oil Star"dan Behruz Samiev hisobida 8 tadan gol bor, TOP-7ni 7 ta gol bilan OKMK vakili Shahram Faxriddinov yakunlab berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan