O'zbekiston kubogi. Finallarni eng ko'p qaysi hakam boshqargan?

Khoja
5 okt 2024, 10:57
Bugun, O'zbekiston kubogi final uchrashuvi doirasida "Navbahor" va "Andijon" jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

Bellashuv Farg'onadagi "Istiqlol" o'yingohida soat 17:00 da boshlanadi. Mazkur final oldidan O'zFHM matbuot xizmati finallarda ishlagan barcha bosh hakamlarni e'tiboringizga havola etadi. 

Unga ko'ra, Ravshan Irmatov finallarda 5, Gali Imamov va Noil Lutfullin esa 4 martadan finallarda ish olib borgan. Shuningdek, hal qiluvchi o'yinda bugunga qadar 2 bora xorijlik hakamlar jalb etilgan - Kim Dong Jin (J.Koreya, 2014) va Mohammed Abdulla Hasan (BAA, 2017). Ertangi finalni esa Saudiya Arabistonidan kelgan referi Xolid Solih al-Turais boshqaradi. 

O'zbekiston kubogi-1992. Final

25-oktabr. Samarqand. “Dinamo” stadioni

"TEMIRYO'LCHI" (Qo'qon) – "NAVBAHOR" (Namangan) 0:0 (penaltilar seriyasi 5:6)

Bosh hakam: Gali Imamov.


O'zbekiston kubogi-1993. Final

9-oktabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "NAVBAHOR" (Namangan) 3:0 

Bosh hakam: Noil Lutfullin.


O'zbekiston kubogi-1994. Final

6-sentyabr. Toshkent. MHSK stadioni

"NEFTCHI" (Farg'ona) – "YANGIER" (Yangier) 2:0

Bosh hakam: Dilshod Asimov.


O'zbekiston kubogi-1995. Final

19-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"NAVBAHOR" (Namangan) – MHSK (Toshkent) 1:0

Bosh hakam: Gali Imamov.


O'zbekiston kubogi-1996. Final

10-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"NEFTCHI" (Farg'ona) – "PAXTAKOR" (Toshkent) 0:0 (penaltilar seriyasi 5:4)

Bosh hakam: Sardor Najafaliev.


O'zbekiston kubogi-1997. Final

25-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "NEFTCHI" (Farg'ona) 3:2 (asosiy vaqt 2:2, qo'shimcha vaqt 1:0)

Bosh hakam: Sardor Najafaliev.


O'zbekiston kubogi-1998. Final

29-avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"NAVBAHOR" (Namangan) – "NEFTCHI" (Farg'ona) 2:0 

Bosh hakam: Gali Imamov.


O'zbekiston kubogi-1999/2000. Final

29-iyun. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"DO'STLIK" (Toshkent viloyati) – "SAMARQAND" (Samarqand) 4:1

Bosh hakam: Gali Imamov.


O'zbekiston kubogi-2000/2001. Final

4-avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) - "NEFTCHI" (Farg'ona) 2:1

Bosh hakam: Rustam Saidov.


O'zbekiston kubogi-2001/2002. Final

9-avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent)  - "NEFTCHI" (Farg'ona) 6:3 (asosiy vaqt 3:3, qo'shimcha vaqt 3:0)

Bosh hakam: Rustam Saidov.


O'zbekiston kubogi-2002/2003. Final

15-avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "NASAF" (Qarshi) 3:1

Bosh hakam: Noil Lutfullin.


O'zbekiston kubogi-2004. Final

1-oktabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "TRAKTOR" (Toshkent) 3:2

Bosh hakam: Dmitriy Roman.


O'zbekiston kubogi-2005. Final

26-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) - "NEFTCHI" (Farg'ona) 1:0

Bosh hakam: G'ayrat Karimov.


O'zbekiston kubogi-2006. Final

8-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "MASH'AL" (Muborak) 2:0

Bosh hakam: Noil Lutfullin.


O'zbekiston kubogi-2007. Final

9-dekabr. Toshkent. MHSK stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "QURUVCHI" (Toshkent) 0:0 (penaltilar seriyasi 7:6)

Bosh hakam: Noil Lutfullin.


O'zbekiston kubogi-2008. Final

31-oktabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"BUNYODKOR" (Toshkent) – "PAXTAKOR" (Toshkent) 3:2 (asosiy vaqt 1:1, qo'shimcha vaqt 2:0)

Bosh hakam: Marat Ismailov.


O'zbekiston kubogi-2009. Final

8-avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "BUNYODKOR" (Toshkent) 1:0

Bosh hakam: Marat Ismailov.


O'zbekiston kubogi-2010. Final

18-avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"BUNYODKOR" (Toshkent) – "SHO'RTAN" (G'uzor) 1:0

Bosh hakam: Ravshan Irmatov.


O'zbekiston kubogi-2011. Final

13-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "NASAF" (Qarshi) 3:1

Bosh hakam: Ravshan Irmatov.


O'zbekiston kubogi-2012. Final

30-noyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"BUNYODKOR" (Toshkent) – "NASAF" (Qarshi) 3:0

Bosh hakam: Ravshan Irmatov.


O'zbekiston kubogi-2013. Final

25-sentyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni

"BUNYODKOR" (Toshkent) – "NASAF" (Qarshi) 2:1

Bosh hakam: Ravshan Irmatov.


O'zbekiston kubogi-2014. Final

12-noyabr. Olmaliq. OKMK stadioni

"LOKOMOTIV" (Toshkent) – "BUNYODKOR" (Toshkent) 1:0 (asosiy vaqt 0:0, qo'shimcha vaqt 1:0)

Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya).


O'zbekiston kubogi-2015. Final

17-oktabr. Jizzax. “So'g'diyona” stadioni

"NASAF" (Qarshi) – "BUNYODKOR" (Toshkent) 2:1

Bosh hakam: Ravshan Irmatov.


O'zbekiston kubogi-2016. Final

25-avgust. Samarqand. “Dinamo” stadioni

"LOKOMOTIV" (Toshkent) – "NASAF" (Qarshi) 1:0

Bosh hakam: Vladislav Seytlin.


O'zbekiston kubogi-2017. Final

4-dekabr. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni

"LOKOMOTIV" (Toshkent) – "BUNYODKOR" (Toshkent) 1:0

Bosh hakam: Mohammed Abdulla Hasan (BAA).


O'zbekiston kubogi-2018. Final

28-oktabr. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni

"OLMALIQ" (Olmaliq) – "PAXTAKOR" (Toshkent) 3:1

Bosh hakam: Temur To'xtasinov.


O'zbekiston kubogi-2019. Final

26-oktabr. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – AGMK (Olmaliq) 3:0

Bosh hakam: Sherzod Qosimov.


O'zbekiston kubogi-2020. Final

20-dekabr. Namangan. “Markaziy” stadioni

AGMK (Olmaliq) - "PAXTAKOR" (Toshkent) 0:3

Bosh hakam: Zokir Qodirov.


O'zbekiston kubogi-2021. Final

13-noyabr. Samarqand. “Dinamo” stadioni

"PAXTAKOR" (Toshkent) – "NASAF" (Qarshi) 1:2

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev.


O'zbekiston kubogi-2022. Final

30-oktabr. Buxoro. “Buxoro Arena” stadioni

"NAVBAHOR" (Namangan) – "NASAF" (Qarshi) 1:2

Bosh hakam: Vadim Agishev.


O'zbekiston kubogi-2023. Final

12-noyabr. Qarshi. “Markaziy” stadioni

"NASAF" (Qarshi) – OKMK (Olmaliq) 1:0

Bosh hakam: Aziz Asimov.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: UZFHM