O'zbekiston hakamlar markazi: "Andijon" - AGMK uchrashuvida bosh hakam mehmonlar darvozasiga toza penaltini qo'ymagan

Narzulla Saydullayev
6 sen 2022, 13:38
O'tgan hafta O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Andijon" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsning 55-daqiqasida mezbonlar hujumi vaqtida to'p o'z jarima maydoni ichida turgan Sanjar Tursunovning qo'liga tegadi. Bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb hisoblab o'yinni davom ettiradi.

Biroq O'zbekiston futbol hakamlar markazi ekspertlar komissiyasi uchrashuv hakami Viktor Serazitdinov o'sha vaziyatda AGMK darvozasiga penalti belgilamay xato qilgan degan xulosaga kelgan.

Eslatib o'tamiz, o'sha o'yinda AGMK yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga chiqdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia