O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash fondiga mutaxassislar ishga taklif etiladi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2017, 21:27
O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash fondiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo'yicha tanlov boshlanganligi haqida e'lon qilamiz.

O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash fondiga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar tanlov asosida ishga taklif qilinadi:

Fondning ijrochi direktori;

Bosh hisobchi;

Marketolog;

Kassir;

Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:

- soha bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi meyoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo'lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentaciyalarni tayyorlashni o'zlashtirgan bo'lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro'yxatdan o'tgan bo'lishi;

Nomzodlar o'zi haqidagi ma'lumotnoma (rezyume)ni info@the-uff.com elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo'mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com