

Elmar Alimovich Aminov 1932 yil 23 yanvar kuni Farg'onada dunyoga kelgan. 1959 yil O'zbekiston futbol federatsiyasiga asos solinganida, Elmar Alimovich ushbu tashkilotning rahbari etib tayinlangan. U inson faoliyati davomida “Paxtakor” jamoasi boshlig'i, keyinchalik O'zbekiston SSR Ministrlar Kengashi davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi muovini, so'ngra rahbari lavozimlarida ishladi. U kishi faoliyati davomida futbol bo'yicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi delegaciyasiga ko'plab musobaqalarda, jumladan, 1966 yil Angliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida rahbarlik qilgan. 1990-1992 yillarda O'zbekiston futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.
Elmar Aminovni ushbu ulug' yoshi bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolamiz.



