Ouen: "MYU bugun yaxshiroq o'ynasa kerak"

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 14:29
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen "qizil iblislar"ning bugun "Tottenxem"ga qarshi o'tadigan o'yini haqida gapirdi.

"Hatto "Tottenxem" foydasiga qaror chiqarsa ham, Mourinyo doimo VARdan ranjib kelgan. Bunda kim aybdor? Afsuski, yangi qoidalarga ko'nikish kerak. Shu boisdan ularni tushunsa bo'ladi. Mourinyo "Old Trafford"ga qaytmoqda. Odatda u sobiq jamoalariga qarshi o'yinlarda yigitlarini yaxshi tayyorlaydi.  "Shporlar" bugun tartibli o'yin ko'rsatsa kerak. Chunki Mourinyo o'yinni doimo himoyadan boshlaydi.

"Yunayted" esa dastlabki ikki o'yinda qanday muammolari borligini ko'rsatdi. "Brayton"da esa tasodifiy g'alabaga erishdi. Menimcha, jamoa o'ziga kelib olgan va bugun ular oldingi o'yinlardan ko'ra, tartibliroq o'yin ko'rsatsa kerak", - dedi Ouen.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal