O'tkir Yusupov: "Terma jamoa darvozabonlari bir oila"

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2019, 14:00
Turmaniston terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, terma jamoamiz posbonlaridan biri O'tkir Yusupov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalo butun O'zbekiston halqini g'alaba bilan tabriklayman. Biz guruhdan  chiqish masalasini muddatidan oldin hal qildik. Endi oldimizdagi vazifamiz, mana shunday g'olibona yurishni davom ettirish.

Terma jamoamizda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov boshchiligida bir oila a'zolaridekmiz. O'tgan ikkita o'yinda Ignatiy Nesterov darvozani juda ishonchli tarzda qo'riqladi. Biz har bir uchrashuvdan oldin Ignatiyga omad tilab, maydonga kuzatyapmiz. Sanjar Quvvatov ikkimiz ham doim maydonga tushishga tayyormiz. Asosiysi darvozani kim qo'riqlashida emas, terma jamoamiz g'alaba qozonsa bo'lgani. Bizni stadionda  va yurtimizdan turib qo'llab turgan barcha muxlislarimizga rahmat aytaman. Maqsadimiz  Osiyo chempionati finalida o'ynab, xalqimizni xursand qilish", - deydi O'tkir Yusupov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia